.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>" Jumboq "</p>

Bazan hayotimizda shunday

sirlar uchraydiki uni

yechmoqlikka bizning aqlimiz

ojizlik qiladi. Gohida mana shu

sirlarni o'zinga yaqin deb

bilgan kishilar bilan

o'rtoqlashging keladi, lekin

hamma sening bu

qarashlaringni to'g'ri deb

bilmaydi, bazida seni aqldan

ozganga chiqaradi. Bunday

o'ylab qaraganda bu hayotda

sog'lom odamning o'zi yo'q,

hamma telba, kimdir uzoqni

ko'ra biladigan darajada keng

fikrlaydigan telba, yana kimdir

esa xattoki oyoqlari ostini ham

ko'rmaydigan darajada tor

fikrlaydigan telba, bir so'z bilan

aytganda hamma telba. Nega

bunday o'ylayotganimning

ham o'ziga yarasha sababi

mavjud, negaki men ham ana

shunday telbalarning biriman!

Bu galgi hikoyamiz qahramoni

ham aynan shunday holatga

tushib qolgan edi. Yaxshisi

hikoyani uning nomidan

yozaman.

2010 - yil oliy o'quv yurtini

tamomladik, biz to'rt kishi juda

ham qalin do'stlarmiz, ular bilan

yoshlikdan birga katta

bo'lganman, maktabda bir

sinfda o'qidik, keyinchalik oliy

o'quv yurtida ham bir guruhda

tahsil oldik, Baxtiyor, Odil,

Abror va men. Avvalo o'zimni

tanishtiray, mening ismim

Maruf. Biz bu to'rtovlon bizni

bu hayotda faqatgina o'lim

ajrata oladi boshqa hech

qanday ko'ngilsizlik ajrata

olmaydi deya xisoblar edik, biz

yanglish fikrlayotganimizni

juda kech tushunib yetdik.

Oramizda eng teran

fikrlaydiganimiz bu Baxtiyor,

chunki u hayotning ancha

muncha og'ir yengilini ko'rib

qo'ygan yigit edi. Uning yosh

boshiga hayot qanday

sinovlarni solmadi, shunday

bo'lsa ham u maqsadi sari olg'a

intilishdan bir daqiqaga bo'lsa

ham to'xtamadi. Shunday

kunlarning birida biz oliy o'quv

yurtini tamomladik, o'zingdan

qolar gap yo'q bunday kunni

nishollamaslikning imkoni

bormi? Albatta yo'q, ahir bu

uchrashuv ba'zi bir odamlar

bilan so'ngisi bo'lishi ham

mumkin. Shunday qilib biz

to'rtala do'st har galgidek

bitiruv bayramini o'zimiz

alohida davom etkazishga

qaror qildik. Abror o'ziga to'q

oilaning farzandi edi. Uni hech

kim kami yo'q tagida mashina

qayerga bo'lsa ham

ketaveramiz. Biz bolalar bilan

maslahatlashib uzoqroqqa

shahardan tashqarida

joylashgan tinchroq maskanga

yo'l oldik. Ochig'i qayerga

ketayotganimizni hattoki

o'zimiz ham bilmas edik. Biz

o'zi shunaqamiz, boshimiz

oqgan tarafga qarab

ketaveramiz. Bu gal ko'nglimiz

bizni qayerga yetakladi

bilmayman, lekin negadir yo'l

quyun Odil o'zini nimadandir

bezovta bo'layotgan odamdek

tutar, unga bu sayohatimiz

negadir maqul kelmayotgani

haqida tinimsiz gapirar edi.

Taxminan tong saharga qadar

davom etgan sayohat

natijasida biroz charchadik

hech kim uxlamagan,

hammaning niyyati bitta qani

endi uyga tezroq yetib olsamu

va mazza qilib uxlasam.

Bayramni ajoyib kayfiyatda

nishonladik. Bayramimizda

ichkilik ham avjiga chiqdi,

yarim tundan o'tganda nixoyat

biz uyga qayta boshladik, men

uzoqda yonib turgan

chiroqlarni telefonimda

videoga ola boshladim,

umuman olganda

telefonimning spichkasini

yoqib olib yo'lni tasmaga

muxrlab ketardim. Bu video

yaxshi chiqadimi yoki yo'qmi

bu meni qiziqtirmas edi. Men

shunchaki o'z ishtiyoqim

uchun hozir shu ish bilan

mashg'ulman. Kimsasiz yo'l na

birorta uy ko'rinadi, na bir

sharpa, hech kim yo'q. Abror

yo'lda hech kim bo'lmagani

bois yaxshigina tezlikda

mashinani haydab ketar edi.

Shu alfozda taxminan o'n o'n

besh daqiqa yurganimizdan

so'ng, kutilmaganda

tormozning chiyillab

eshitilayotgan ovoziyu

mashina asfalt ustida sirpanib

to'xtashi va biz o'rindiqlardan

oldinga qarab siljib ketganimiz

o'zaro davom etayotgan

suxbatimizni bo'ldi.

- Tinchlikmi nima gap Abror?

( hammamiz birdaniga Abrorga

qarata shu savolni berdik )

- Kimnidir yoki nimanidir urib

yubordim!

- Nimani?

- Aniq bilmayman, oq narsa

edi!

Abrorning bu gapidan keyin

barchamiz mashinadan tushib,

mashina atrofidan 50 metr

radiusda tevarak atrofni

o'rgana boshladik, ammo hech

narsa topa olmadik.

- Abror menimcha qushni urib

yuborgan bo'seng kere!

- Bunday tezlikda qush aniq

o'ladi, esing joyidami oynani

qara hech qanday qon yo'qku,

oyna esa chiziq tortib qoldi, bu

nima ekanini bilmaymanu,

ammo juda ham qattiq ekanini

bilaman, qandaydir odamsifat

oq narsa, lekin odamdan

anchayin baland edi!

- Menimcha sen

charchagansan, kel yaxshisi

mashinani men haydab

ketaman?

- Mayli nima deseng shu lekin

men aqldan ozmaganman!

- Bilamiz Abror, bilamiz!

Shunday qilib biz yana yo'lga

chiqdik. Rulga esa Baxtiyor

o'tirdi, hamma negadir sukut

saqlab ketmoqda. Men ham

telefonimi joyiga qaytarib solib

qo'ydim. Shu tariqa qancha

vaqt yurdik bilmayman, uyga

ham yetib keldik. Bo'lib o'tgan

hodisadan hammaning

kayfiyati tushib ketgandi, hech

kim gapirmasdi,xattoki

hayrlashmay uyimizga

tarqaldik. Uyga kirdim,

charchagan bo'lsam ham

negadir uyqum kelmas edi. Alla

mahalgacha u yoq bu yoqga

ag'anab yotdim, baribir

foydasi bo'lmadi nima qilishni

bilmasdan, telefonimdagi

videoni kompyuterda montaj

qila boshladim. Videoni ancha

maxalgacha ko'rib o'tirdim,

keyin esa Abror rost

gapirganini tushunib yetdim.

Abror aytgan o'sha oq narsa

mening video tasmamda ham

muhrlanib qolibdi. Nima qilishni

ham bilmayman, tong otgach

men Abrorga qo'ng'iroq qildim.

Bolalar bilan to'plandik, nima

qilish haqida bosh qotira

boshladik, ko'p o'tmay,

domlaga borib bor gapni

aytishimiz haqida kelishib oldik

va kelishganimizdek qildik

ham.

- Bu videoni hech kimga

ko'rsatmanglar, telefonni esa

yo'q qilinglar!

- Nega domla, bu nima edi?

- Buni bilishinglar shart emas!

Domlaning bu gaplari va uning

nima ekani bizga

jumboqligicha qoldi. Domla

aytganidek, telefonimni suvga

tashlab yubordik, hech narsa

bo'lmasligiga hech kim kafolat

bera olmasdi. Ertasi kundan

boshlab esa hamma bilan

ko'ngilsiz voqealar sodir bo'la

boshladi. Birinchi bo'lib Abror

avtohalokatga uchradi, Odil

bilan esa qurilish maydonida

og'ir jarohat oldi, Baxtiyorni

ko'chada mashina urib ketdi va

vafot etdi. Men esa sirli halokat

sababli bir umr yurish baxtidan

ayrildim. Domlaning aytishicha

bu voqealarga o'sha video

sababchi ekan, yana bir

gapidan keyin yuragim to'xtab

qola yozdi bu hali boshlanishi...

Birinchi fasl o'z nihoyasiga

yetdi e'tiboringiz uchun

rahmat!!!

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон