.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Nima uchun lablar yoriladi va qanday qilib uning oldini olish mumkin?</p>

Lablarda ko‘plab qon tomirchalari

va asab tolalari joylashgan.

Uning terisi juda yupqa bo‘lib, u

yerda yog‘ bezlari va yog‘li

qatlamlar yo‘q. Aynan shuning

uchun lablar juda nozik bo‘ladi.

Nima uchun lablar yoriladi?

Sovuq havo

Sovuq havo ta’sirida labdagi

tomirlar qisiladi va uning

yuzasini oziqlantirmay qo‘yadi.

Agar og‘iz yopilmasa va maxsus

kosmetika yordamidan

foydalanilmasa, sovuq lablar

terisining yuqori qavatidagi

namlikka ham ta’sir ko‘rsatadi.

Namlikning yo‘qolishi natijasida

nozik teri quruq va mo‘rt bo‘lib

qoladi.

Issiq havo

Issiq havo qon tomirlarini

qisqartirmasa ham,

organizmning umumiy

suvsizlanishiga olib keladi.

Namlikning yetishmasligi nozik

terining mo‘rtligini oshiradi va

lablarning yorilishiga sabab

bo‘ladi.

Infeksiya

Lablarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi

eng keng tarqalgan infeksiya —

labdagi shamollash deb ataluvchi

oddiy gerpes virusi hisoblanadi.

Agar baterial infeksiya

qo‘shilmasa bunday shamollash

muammosiz kechadi.

Ba’zi hollarda esa lablar

zamburug‘li infeksiya

— kandidoz tufayli yoriladi.

Infeksiyani davolashingiz bilan

lablardagi yorilishlar ham

yo‘qoladi.

Yorilgan lablarni uy sharoitida

qanday davolash mumkin?

Agar lablar quruqshab qolgan

bo‘lsa, yoqimsiz alomatlar o‘tib

ketishi uchun biroz parvarish

qilish kerak.

Birinchidan, lablarni tishlamaslik

yoki terining dag‘al

bo‘lakchalarini uzib tashlamaslik

kerak. Bu holda biz terini

battarroq shikastlaymiz va

quruqlashishini uzaytiramiz.

Ikkinchidan, lablarni maxsus

balzamlar yoki pomadalar

yordamida namlang.

Uchinchidan mum, vazelin

asosida tayyorlangan tabiiy va

juda oddiy vositalardan

foydalaning. Tarkibi qancha ko‘p

aralashmalardan iborat bo‘lsa, bu

balzamning aynan sizga to‘g‘ri

kelmaslik ehtimoli shuncha

yuqori bo‘ladi.

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон