.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Sochingiz to'kilyaptimi? tezroq uni oldini oling</p>

Barcha turdagi sochlar uchun niqob. Uni tayyorlash uchun o`simlik hamda kanakunjut (kastor) moyi 1:9 nisbatda aralashtiriladi (choy qoshiqda hisoblang) va soch ildiziga surtiladi. So`ng boshga sellofan qalpoq kiyib, 1 soatdan keyin yuviladi. Sochni yuvishda quruq sochlarga mo`ljallangan shampundan foydalanish kerak. Bu usul haftada 2 marta, jami 10 marta takrorlanishi lozim.

Quruq sochlar uchun niqob. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq gliserin, 1 choy qoshiq 0,9 % li sirka, 2 osh qoshiq kanakunjut moyi aralashtirilib, soch ildizlaridan to uchigacha surtiladi. Sellofan qalpoq kiyib, ustidan issiq sochiq o`raladi. Sochiqni issiqligi ketishi bilan almashtirib turish lozim. Yarim soatdan so`ng tuxum sarig`i qo`shilgan shampun bilan yuviladi. Niqobni haftada ikki marta, jami 8 marotaba bajariladi.

Normal sochlar uchun namlantiruvchi niqob. Soch tolalari va ildizlarini namlantirib, ularning to`kilishiga qarshi niqobni tayyorlash juda oson. Buning uchun 37 darajagacha qizdirilgan qatiq soch tolalari va bosh terisiga surtiladi. Ustidan pergament qog`oz bilan o`rab, iliq sochiq yopiladi. 20-30 daqiqadan so`ng sochga yana qatiq surtilib, bosh terisi barmoq uchida engil massaj qilinadi. So`ngra soch iliq suvda, shampunsiz yaxshilab yuvib tashlanadi. Bu usulni oyiga 4 marta bajarishni unutmang!

Yog`li sochlar uchun niqob. 1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq limon sharbati, 1 bo`lak ezilgan sarimsoq, 1 choy qoshiq aloe sharbati aralashtirilib, nam sochga surtiladi. Boshga polietilen qalpoq kiyib, sochiq bilan yaxshilab o`raladi. 30-40 daqiqadan so`ng sochni iliq suvda sovunsiz yuvish kerak. Sochdan sarimsoq hidini ketkazish uchun esa xantal qo`shilgan suvda yuvib, toza suv bilan chayishni unutmang.

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон